Integral Ochiq Ma’ruza Darsi

Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi hamda Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi professor, o‘qituvchilari tomonidan “Bosh va yuzdagi og‘riqlar. Yuz va uch tarmoqli nervlarning anatomiyasi. Tekshirish usullari. Uch tarmoqli nervning nevralgiyasi, diagnostikasi va davolash. Yuz nervining neyropatiyasi, diagnostikasi va davolash” mavzusida integral ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.

Integral Ochiq Ma’ruza Darsi

Mazkur ochiq dars tibbiyot sohasida ta’lim oluvchi talabalar hamda mutaxassislar uchun dolzarb bo‘lgan nevrologik va yuz-jag‘ sohasiga oid bilimlarni chuqurlashtirishga qaratildi. Dars jarayonida bosh va yuz og‘riqlarining turlari, ularning klinik xususiyatlari, shuningdek yuz va uch tarmoqli nervlarning anatomik tuzilishi batafsil yoritildi.

Shuningdek, zamonaviy diagnostika usullari, jumladan klinik ko‘rik, instrumental tekshirishlar hamda differensial tashxis masalalari ko‘rib chiqildi. Uch tarmoqli nerv nevralgiyasi va yuz nervi neyropatiyasining kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, tashxis qo‘yish mezonlari hamda zamonaviy davolash usullari haqida atroflicha a’lumotlar berildi

Differensial tashxis masalalari

Ochiq ma’ruza yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Dars davomida interaktiv muloqot, savol-javoblar va klinik misollar orqali mavzu yanada mustahkamlandi.

Ushbu ochiq dars talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish